Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi
2026-08-15 18:00:00 / Yangiliklar
.

2025/2026-o‘quv yilida Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tamomlagan 35 nafar bitiruvchining barchasi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.
Bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘rtacha 183,8 ball bilan kirishdi. Shundan, 27 nafari davlat granti, 8 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalik safiga qabul qilindi.
Mazkur yuqori natija maktab-internatda o‘quvchilarga sifatli va chuqur bilim berish, ularni oliy ta’limga puxta tayyorlash hamda barkamol avlod etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning amaliy samarasidir.


