Yoshlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-13 19:45:00 / Yangiliklar

Guliston tumanida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida “Mustaqillik” mahallasida yoshlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev hamda tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Abdujamol Mashrapov ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlarning murojaat, taklif va tashabbuslari bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratish, chorvachilik yo‘nalishida faoliyatini kengaytirish maqsadida auksion savdosiga yer maydonlarini chiqarishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, sport bilan shug‘ullanish uchun zarur sport anjomlari bilan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Murojaatlarning ijro muddatlari ko‘rsatilib, masalalar tegishli mutasaddilarga biriktirildi.






