Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
2026-08-06 17:05:00 / Yangiliklar

Guliston tumanida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Birlashgan mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Yuzma-yuz ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev, tuman prokurori Dilshod Sangirov, tuman IIB rahbari Zaxriddin Babaxanov hamda Soliq inspeksiyasi rahbari Abdujamol Mashrapov ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlarning murojaat, taklif va tashabbuslari bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, bandlikni ta’minlash, sifatli ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ijrosi muddatlari ko‘rsatilib, masalalar tegishli mutasaddilarga biriktirildi.




