Guliston tumani prokurori Dilshod Sangirovning tuman aholisiga murojaati
2026-07-31 12:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Prezidentimiz doimiy ravishda ta’kidlab kelayotganlaridek, tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik jamiyatimizning asosiy negizi hisoblanadi. Yurtimizda tinchlik, osoyishtalik baqaror xukm sursa bilingki, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda rivojlanish bo‘ladi.
Joriy yil boshida Davlatimiz rahbari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari to‘liq himoya qilinishi, ularning farovon hayot kechirishlari uchun barcha shart-sharoiyatlar yaratish bo‘yicha huquqni muxofaza qiluvchi idoralarga bir qator vaziflar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarish uchun tuman huquqni muxofaza qiluvchi idoralari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Mahallalarda huquqbuzarliklarni erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha tumanprokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil etilgan. Bilasiz, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishjamiyat barqarorligi, xavfsizligi va farovonligi uchun juda muhim. Bu nafaqat shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, balki iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga рam xizmat qiladi.
O‘tgan davr mobaynida tumanimizda jami 66 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib,shundan 16 tasini aynan mahalla hududida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar tashkil qildi. Turlari bo‘yicha taxlil qilinganda 3ta qotillik, 1 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 1 ta nomusga tegish, 10 tao‘g‘irlik, 1 ta firibgarlik jinoyatlaridir. Oldi olinishini lozim bo‘lgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, qotillik jinoyatlarining kelib chiqishiga oilaviy nizo va kelishmovchiliklar, o‘g‘irlik jinoyatining kelib chiqishiga ob’yektlar to‘liq qo‘riqlovga olinmaganligi hamda qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatining kelib chiqishiga spirtli ichimliklar iste’moli hamda nazoratsizlik sabab bo‘lgan.
Hurmatli, tumanimiz fuqarolari!
Bugungi kunda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan kiber jinoyatlarning oldini olish maqsadida, tumanimiz hududida bir qator profilaktik ogohlantiruv tadbirliri olib borilmoqda. Jumladan, tumanimizda ushbu turdagi jinoyatlarning qay tarzda sodir etilayotganligi bo‘yicha 47 ta targ‘ibot bannerlari o‘rnatilib, 750 ta bukletlar tarqatilgan hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali qilinayotgan ogoxlantirishlarga qaramasdan fuqarolarimiz tomonidan axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan kiber jinoyatning qurboniga aylanayotganligi achinarli bir holdir.
Shu sababli, Sizlardan yana bir bor, telefon, gadjetlardan foydalanishdaavtomatik yuklab olish ilovalarini o‘chirib qo‘yishlaringizni, plastik kartangizni pin-kodini begona shaxslarga bermasliklaringizni so‘rab qolamiz.
Hurmatli fuqarolar, jinoyatlarning oqibatlari bilan emas, ularning sabablarini huquqbuzarlikka imkon berayotgan shart – sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb, Sizlar bilan birgalikda harakat qilamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
