Chet eldagi migrant yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi
2026-07-29 18:50:00 / Yangiliklar

Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev boshchiligida ayni paytda xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Jonli muloqot davomida yoshlarning o‘qish jarayoni, mehnat faoliyati, yashash sharoitlari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, yurtimizga qaytganidan so‘ng ularning munosib ish bilan ta’minlanishi, kasbiy ko‘nikmalaridan samarali foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida tizimli hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.






