Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida eng kuchli jamoalar aniqlanib tantanali ravishda taqdirlandilar.
2026-07-29 14:35:00 / Yangiliklar

G‘olib jamoalar bilan tanishing
🟢 16–21 yosh toifasi
Qizlar:
🥇 Boyovut tumani
🥈 Guliston tumani
🥉 Yangiyer shahri
O‘g‘il bolalar:
🥇 Guliston tumani
🥈 Yangiyer shahri
🥉 Mirzaobod tumani
🟢 22–30 yosh toifasi
Qizlar:
🥇 Mirzaobod tumani
🥈 Guliston tumani
🥉 Sirdaryo tumani
O‘g‘il bolalar:
🥇 Guliston tumani
🥈 Yangiyer shahri
🥉 Xovos tumani
🎉 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🖐 Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar "Besh tashabbus olimpiadasi"ning respublika bosqichida Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
🟡 Ushbu musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iste’dodli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✔️ Sirdaryo yoshlari bundan buyon ham sport maydonlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritib, viloyatimiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz.









