Sirdaryoda voleybol bo‘yicha viloyat chempionlari aniqlandi!
2026-07-29 14:35:00 / Yangiliklar

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi.
⚡️ Xovos tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha 16–21 hamda 22-30 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida viloyat bosqichi musobaqalari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
➡️ Mazkur musobaqada Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlaridan saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, viloyat chempionligi uchun o‘zaro kuch sinashdilar.
🎙 Bellashuvlar davomida yosh sportchilar yuksak sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, muxlislarga murosasiz va qiziqarli uchrashuvlarni taqdim etdilar.
Musobaqalar davomida har bir uchrashuv sportga xos halollik, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.








