“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda
2026-07-28 20:30:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida Guliston tumanining barcha 24 ta mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya-tozalik ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev boshchiligida kommunal soha korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ularning xodimlari ishtirokida hududlarda obodonlashtirish ishlarini yanada tizimli tashkil etish, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay hamda ozoda muhit yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir doirasida tumanning markazida sohalar kesimida 40 ga yaqin maxsus texnika va ko‘plab ishchi-xodimlar jalb etilib, mahallalarda ko‘chalar va jamoat joylarini tozalash, daraxtlarni parvarishlash, chiqindilarni olib chiqish, ariq-zovurlarni tozalash hamda hududlarni tartibga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.









