Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi
2026-07-08 18:25:00 / Yangiliklar

Bugun Guliston tumani Madaniyat markazining faollar zalida 1-son texnikumini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Quvonch va hayajonga boy kechgan tadbirda Guliston tumani hokimi Olimjon Joʻrayev ishtirok etib, bitiruvchilarni ushbu muhim hayotiy bosqich bilan samimiy tabrikladi hamda ularning kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tilab, ular bugungi kun bunyodkorlari ekanligini ta'kidladi.
Shundan so'ng, tadbir yakunida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
Qayd tish kerak, bugungi kunda texnikumda 652 nafar o‘quvchi zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olmoqda. Shuningdek, korxona va tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik, dual ta'lim tizimining izchil joriy etilgani bitiruvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda.









