Guliston tumani hokimligida hokimlik soati o'tkazildi
2026-07-08 10:35:00 / Majlislar
.

Guliston tumani hokimligida tuman hokimi raisligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ijro intizomini yanada mustahkamlash, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta'minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, sohalar kesimida tashkilot va korxonalar faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilandi.





