Chorvachilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda
2026-07-06 16:10:00 / Matbuot anjumanlari
.

Guliston tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Ish o‘rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda chorvachilik sohasini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borildi. Xususan, qiymati belgilangan investitsiyalar asosida 6 ta chorvachilik loyihasi amalga oshirilib, natijada 20 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.
Shuningdek, aholini sifatli chorva mahsulotlari bilan ta’minlash, nasldor qoramollar sonini ko‘paytirish va chorvachilikning mahsuldorligini oshirish maqsadida tumanga 280 bosh nasldor qoramol olib kelindi.
Matbuot anjumanida sohani yanada rivojlantirish, chorvachilik yo‘nalishida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda aholi bandligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.


