Guliston tumanida Ichki ishlar vaziri kubogi uchun voleybol musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-07-02 11:00:00 / Yangiliklar

Guliston tumanida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Ichki ishlar vaziri kubogi uchun voleybol musobaqasining tuman bosqichi tashkil etildi.
Musobaqada 16–21 hamda 22–30 yosh toifalaridagi yigit va qizlar o‘zaro bellashib, sport mahorati va jamoaviy hamjihatliklarini namoyish etdilar.
📊 Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar:
👩 16–21 yosh toifasi (ayollar):
🥇 Ibrat mahallasi
🥈 Mustaqillik mahallasi
🥉 Terakzor mahallasi
👨 16–21 yosh toifasi (erkaklar):
🥇 Chortoq mahallasi
🥈 Birlashgan mahallasi
🥉 Zarbdor mahallasi
👩 22–30 yosh toifasi (ayollar):
🥇 Ibrat mahallasi
🥈 Mustaqillik mahallasi
🥉 Terakzor mahallasi
👨 22–30 yosh toifasi (erkaklar):
🥇 Chortoq mahallasi
🥈 Sohilobod mahallasi
🥉 Birlashgan mahallasi
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.



