Fuqarolar murojaatlari eʼtibor markazida
2026-06-10 14:15:00 / Matbuot anjumanlari

Guliston tumani Xalq qabulxonasida aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda murojaatlar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilash maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda Guliston tumani hokimi o‘rinbosarlari sohalar kesimida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Qabul davomida 9 nafar fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida bolalar nafaqasi, uy-joyni taʼmirlash, elektr taʼminotidagi muammolar, gaz balloni ajratish, ish haqlarini undirish, davolanish uchun yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash va kadastr masalalari, bilan bog‘liq murojaatlar o‘rin oldi.
Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.









