#Matbuot_anjumani
2026-06-10 12:25:00 / Matbuot anjumanlari
.

Ish o'rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?
Guliston tumani hokimligining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya hamda ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘limida “Ish o‘rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur matbuot anjumanida tuman hududida davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida jurnalist va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.


