Yoshlar orzulari ro‘yobga chiqmoqda
2026-06-09 09:00:00 / Yangiliklar

Guliston tumanida yoshlar bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev boshchiligida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va tashabbuslar amaliy yechim topmoqda. Ana shunday muloqotlardan birida yoshlar tomonidan Samarqand shahriga sayohat uyushtirish taklifi ilgari surilgan edi.
Yoshlar oyligi doirasida ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlanib, bir guruh faol yoshlar qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohatga yuborildi.
Mazkur sayohat yoshlarning tarixiy-madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda ular uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.



