Kelajak bunyodkorlari o‘z salohiyatini namoyon etmoqda
2026-06-08 11:40:00 / Yangiliklar

Guliston tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar qurilish yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda sinovdan o‘tkazmoqda.
Ahamiyatlisi, tanlov yoshlar uchun o‘z ustida ishlash, tajriba almashish va yangi marralar sari intilish imkoniyatini yaratmoqda. Bu esa kelgusida malakali mutaxassislar safini kengaytirish hamda qurilish sohasiga qiziqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.
Tanlov yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar saralab olinib, keyingi bosqichda tuman sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadilar.









