“Payshanba — yoshlar kuni”: yoshlar murojaatlari e’tiborda
2026-06-04 17:10:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Payshanba — yoshlar kuni” loyihasi yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolariga yechim topishda muhim platformaga aylanmoqda.
Navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv Guliston tumanidagi Hamid Olimjon mahallasida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Unda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida bildirilgan har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ijro muddatlari belgilandi.






