Xitoy Xalq Respublikasi bilan o'zaro hamkorliklar safi yanada kengaymoqda
2026-05-20 19:30:00 / Yangiliklar

Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan “CHN ANJU” kompaniyasi direktori Li Shangjun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zaro manfaatli ruhda kechgan muzokaralarda tumanda qiymati 5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan, 80 ta yangi ish o‘rni yaratishga xizmat qiluvchi tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv davomida investitsiya loyihasining iqtisodiy samaradorligi, ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, hududning logistika imkoniyatlari hamda mahalliy aholini ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar dastlabki kelishuvlarga erishib, loyiha ijrosini amaliy bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashdilar. Shundan so‘ng, tuman hokimining o‘rinbosari Sanjarbek Aslonov hamrohligida investorlar tomonidan loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududlar ko‘zdan kechirildi.




