Muqaddas maskanlar obodligi — qalblardagi vafoning aksidir!
2026-05-16 15:10:00 / Yangiliklar
.

Qadriyat, ehtirom va poklik timsoli bo‘lgan muqaddas maskanlarimizni obod etish maqsadida, 16–17-may kunlari viloyatimiz bo'ylab “Qabriston obodligi” shiori ostida ommaviy hasharlar tashkil etilmoqda. Ana shunday hasharlardan biri bugun Guliston tumani "Birlashgan" mahallasi qabristonida tashkil etildi.
Ushbu ezgu tadbir davomida qabriston hududlari tartibga keltirildi, tozalash, atrof-muhitni yanada fayzli holga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu savobli va xayrli tashabbusda mahalla fuqarolari, mahalla yoshlar yetakchisi boshchiligidagi ko'ngilli yoshlar faol ishtirok etishdi, keksalar esa o'tganlar haqiga duo qilishdi.









