#Matbuot_anjumani Guliston tumanida budjet mablag‘larining sarflanishi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-05-14 20:05:00 / Matbuot anjumanlari
.

Guliston tumani hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mahalliy budjet mablag‘larining yo‘naltirilishi va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbir davomida 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman mahalliy budjetining 2025-yil boshiga shakllangan qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 30 foiz mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgani haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ajratilgan mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga sarflangani ta’kidlandi:
— O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Guliston tumani bo‘limining elektr ta’minoti korxonasi oldidagi qarzdorligini qoplash xarajatlari uchun;
— Sirdaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2025-yil 5-noyabrdagi 03-01-197-sonli yig‘ilish bayonining 4-bandiga asosan Guliston tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun;
— Guliston tumani hokimligi balansidagi “Yoshlar bo‘limi” va “Yoshlar markazi” joylashgan binoni ta’mirlash ишлари uchun;
— tumandagi Ahillik, Zarbdor, Mevazor, Yulduz, A. Yassaviy hamda Soyibobod mahallalari hududida bolalar maydonchalari va workout maydonlarini tashkil etish uchun;
— Do‘stlik mahallasi hududida IT-markaz tashkil etish maqsadida, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining 2026-yil 1-apreldagi VII-33-48-9-0-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida bino sotib olish hamda yer maydoni ajratish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ yo‘naltirilgan.
Matbuot anjumanida budjet mablag‘larining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ularni aholining dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.


