Kitobsevar yoshlar murojaati amalda o‘z yechimini topdi
2026-05-14 16:25:00 / Yangiliklar

O‘tgan hafta Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayevning yoshlar bilan ochiq muloqoti davomida bir guruh faol yoshlar tomonidan 14-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi kitob fondini yanada boyitish yuzasidan taklif va murojaatlar bildirilgan edi.
Yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi hamda bilim olishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur murojaat qisqa fursatda ijobiy hal etildi.
Bugun tuman hokimining o‘rinbosari Xurshid Chelibayev ishtirokida 14-sonli umumta’lim maktabiga badiiy hamda jahon adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasi topshirildi. Ushbu tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



