“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi
2026-05-14 16:35:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Payshanba — yoshlar kuni” bugun yoshlar hayotida muhim muloqot, yangi imkoniyatlar va tashabbuslar maydoniga aylanib bormoqda. Ana shunday an’anaviy, ochiq va samimiy uchrashuvlardan biri bugun Guliston tumani 2-son texnikumida bo‘lib o‘tdi.
Unda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etib, texnikum o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar bilan bevosita yuzma-yuz muloqot olib bordi.
Mazkur uchrashuv o‘zining ochiqligi, samimiy muhiti va erkin fikr almashish imkoniyati bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Yoshlarning orzu-intilishlari, ta’lim sifati, kasb tanlash, bandlik masalalari hamda kelajak rejalari muloqotning asosiy mavzusiga aylandi.
Har bir murojaat va fikr diqqat bilan tinglanib, yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus hamda takliflarga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning muammo va ehtiyojlariga yechim topishda muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli muddatlar belgilandi, ijrosi nazoratga olinib, mas’ullarga biriktirildi.






