“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi
2026-05-07 21:50:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Payshanba — yoshlar kuni” bugun yoshlar hayotida muhim muloqot va imkoniyatlar maydoniga aylanib bormoqda. Ana shunday an’anaviy ochiq va samimiy uchrashuvlardan biri bugun Guliston tumani markazidagi Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Unda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev, tuman prokurori Dilshod Sangirov hamda tuman IIB rahbari Zaxiriddin Babaxonov иштирок этиб, kitobxon yoshlar bilan bevosita yuzma-yuz muloqot olib bordi.
Mazkur uchrashuv o‘zining ochiqligi, samimiy muhiti va erkin fikr almashish imkoniyati bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Yoshlarning orzu-intilishlari, ta’lim jarayoni, kasb tanlash va kelajak rejalari muloqotning asosiy mavzusiga aylandi. Har bir fikr diqqat bilan tinglanib, yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbus va takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kitobxon yoshlar tomonidan she’rlar va turli badiiy asarlardan parchalar o‘qib eshittirildi. Faol ishtirok etgan yoshlarga badiiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilinib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi yanada rag‘batlantirildi.







