Malayziyaning tajribali “APUDG SDN BHD” kompaniyasi Sirdaryo viloyati Guliston tumani "Sohilobod" mahallasi hududidagi Master-rejasining tugatilishi bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tildi
2026-04-08 15:10:00 / Yangiliklar

Guliston "Sohilobod" mahallasida ishlab chiqilgan master-reja asosida yirik turizm loyihasini amalga oshirish jarayoni bosqichma-bosqich davom etmoqda. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isakulov boshchiligida o‘tkazilib, unda Malayziyaning “APUDG SDN BHD” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Taqdimotda hududni zamonaviy turizm markaziga aylantirish, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda investisiya salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashabbus O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorga muvofiq, Sirdaryo daryosi bo‘yidagi hududlarni kompleks rivojlantirish va zamonaviy turizm maskanlariga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar belgilangan. Loyihaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— Ekoparklar va yashil dam olish hududlari
— Piknik zonalari va oilaviy hordiq maskanlari
— Chodirli va o‘tovli lagerlar
— Baliq ovlash va suv sayohatlari xizmatlari
— Qayiq sayrlari va rekreasion zonalar
— Milliy taomlar va baliq mahsulotlari savdo infratuzilmasi
Bu yo‘nalishlar hududda ekologik toza, zamonaviy va jozibador turizm muhitini yaratishga xizmat qiladi. Loyihaning amaliy bosqichi esa Malayziyaning tajribali “APUDG SDN BHD” kompaniyasi bilan hamkorlikda boshlandi. Kompaniyaning zamonaviy urbanistika, ekologik rejalashtirish va hududiy rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi loyiha sifatini yanada oshiradi. Taqdimot davomida xorijiy mutaxassislar:
— loyiha konsepsiyasi
— infratuzilma chizmalari
— turizm xizmatlari kompleksi
— amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.
Eng muhim jihatlardan biri — loyiha mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Ya’ni:
— yangi ish o‘rinlari yaratiladi
— xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi
— hududning tabiiy va milliy qiyofasi saqlanadi
Natijada, "Sohilobod" nafaqat dam olish maskaniga, balki Sirdaryo viloyatining yangi turizm markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha hududning investision jozibadorligini oshirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.


