Mahalla tizimi xodimlari munosib taqdirlandi
2026-03-24 10:20:00 / Yangiliklar
.

Mahalla — bu nafaqat aholi muammolariga yechim topiladigan maskan, balki jamiyatimizda birdamlik, mehr-oqibat va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi muhim tayanchdir.
Xususan, bugun 22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Guliston tumani hokimligida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Olimjon Jurayev hamda mahallalar uyushmasi bo‘limi xodimlari ishtirok etib, mahalla raislarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida fidokorona mehnati, mahallalarda tinchlik va ahillikni mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun bir qator mahalla raislari va soha xodimlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









