“Payshanba — Yoshlar kuni”
2026-03-12 13:25:00 / Yangiliklar

Guliston tumani "Yulduz" mahallasida joylashgan 7-sonli umumta'lim maktabining faollar zalida “Payshanba — Yoshlar kuni” shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Sirdaryo viloyati IIB boshlig'i Farrux Haydarov hamda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev rahbarligida yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuvda, mas’ul rahbarlar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi. Muloqotda yoshlarning startap loyihalari, ularning g‘oyalari va tashabbuslari tinglanib, har bir loyiha yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida yoshlarning tilak-istaklari, taklif va murojaatlari atroflicha tinglandi. Ta’lim, tadbirkorlik, doimiy ish bilan bandligini ta'minlash va kredit masalalari uchrashuvning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Shuningdek, mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi va muloqot so'ngida yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.








