#Matbuot_anjumani
2026-03-11 14:40:00 / Matbuot anjumanlari

Guliston tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishtirokida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaning oldini olish omillari mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, korrupsiya bugungi kunda jahon miqyosidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Xususan, qurilish sohasida “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilgandan so‘ng tizimda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Yo‘l qurilishi sohasida ham ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-sonli “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatga muvofiq, loyiha va pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda Davlat xaridlari elektron tizimi orqali o‘tkaziladigan xarid qilish tartib-taomillari asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash jarayonlari ham ayni tizimlar orqali olib borilishi belgilangan.
Ta’kidlanganidek, korrupsiya davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan hamda jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdidlardan biridir. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa amalga oshirilayotgan islohotlarga xiyonat sifatida baholanadi.
Shu bois mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, tizimli choralar ko‘rilmoqda.



