Guliston tumanida “Yoshlar kuni” — rahbar va yoshlar ochiq muloqoti
2026-02-26 16:40:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan edi.
Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Guliston tumani hokimligida “Payshanba — Yoshlar kuni” shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev, mas’ul rahbarlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida yoshlarning startap loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning g‘oyalari va tashabbuslari bilan yaqindan tanishildi. Har bir loyiha yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida yoshlarning tilak-istaklari, taklif va murojaatlari atroflicha tinglanib, mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bandlik, ta’lim, tadbirkorlik va kredit masalalari uchrashuvning asosiy mavzularidan bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda tijorat banklari tomonidan taqdimotlar tashkil etilib, ularga mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.







