Aholi muammolari doimiy e’tiborda
2025-12-25 18:00:00 / Yangiliklar

Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolar, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, shuningdek, aliment to‘lovidan qarzdorligi mavjud bo‘lgan shaxslar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlar jarayonida mavjud masalalar joyiga chiqib o‘rganilib, har bir murojaat alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari batafsil tinglanib, muammolar har tomonlama tahlil qilindi. Ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Xususan, aliment to‘lovidan qarzdor bo‘lgan fuqarolarni ham ish bilan ta’minlash, ularga barqaror daromad manbai yaratish orqali qarzdorliklarni bosqichma-bosqich undirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida hal etish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mahallalarda ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.






