Guliston tumani hokimi ta’lim muassasalaridagi sharoitlar bilan tanishdi
2025-12-16 16:20:00 / Yangiliklar

Yoshlar ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi yo‘lidagi imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev “Soyibobod” mahallasida joylashgan Guliston agrotexnologiyalar texnikumi hamda ushbu mahalladagi 3-sonli umumta’lim maktabida qurilishi yakunlanayotgan qo‘shimcha bino faoliyati bilan tanishdi.
Texnikumda bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar uchun dual ta’lim tizimi hamda IT sohasini o'rgatish samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tuman rahbari mazkur jarayonlarni joyida ko‘zdan kechirib, ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar yuzasidan mas’ullarning axborotlarini tingladi.
Shundan so‘ng keyingi manzil 3-sonli umumta’lim maktabida barpo etilayotgan qo‘shimcha binoda bo‘lib, qurilish ishlari sifati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, isitish tizimlarining holatini mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda atroflicha o‘rgandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.









