“Tashabbusli budjet” mahalliy muammolarni hal qilishda samarali mexanizmga aylandi
2025-12-01 13:25:00 / Yangiliklar

Yurtimizda so‘nggi yillarda keng joriy etilgan “Tashabbusli budjet” loyihasi xalq manfaatiga xizmat qiluvchi, mahalliy muammolarga tezkor yechim topishga yo‘naltirilgan samarali mexanizmga aylandi. Bu loyiha nafaqat aholining ijtimoiy faolligini oshirmoqda, balki mahallalarda haqiqiy bunyodkorlik ruhini uyg‘otmoqda.
Shu jarayonning yorqin namunalaridan biri Guliston tumanidagi “Furqat” mahallasida ko‘zga tashlandi. Fuqarolarning tashabbusi va ovozi bilan ilgari surilgan g‘oya amalga oshirilib, mahalla ichki yo‘llari tekis va ravon holga keltirildi.
"Furqat" mahallasining ko‘chalari avval achinarli holatda edi. Mahalla aholisi open byudjet orqali birdamlik va hamjihatlik ko‘rsatib, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Hozirda Ishonch, Shifokor, Yong'oqzor va Kamalak ko'chalarining jami 2,5 km ortiq ichki yo‘llar asfaltlandi.
Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet”ning 2025-yil ikkinchi bosqichida 4 ming 757 nafar fuqaroning ovozi bilan g‘olib deb topilgan edi. Bugun esa mahalla fuqarolarini orzulari ro‘yobga chiqdi. Loyiha uchun uchun 1,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Bu tashabbus Furqat mahallasi aholisi uchun “xalq birligi va hamjihatligi”ning yorqin isbotiga aylandi.



