Guliston shahri hokimligiga qanday murojaat qilish mumkin?

Guliston shahri hokimligiga yozma, og'zaki hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilish mumkin.
Murojaatlarni qayd qilish va yozib qoldirish uchun shahar hokimligi devonxonasining (67)225-42-13 telefon raqami orqali bildirilishi yoki shahar hokimining qabuliga yozdirib qo’yilishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar hokimlik veb-saytiga yoki telegramdagi rasmiy sahifasi https://t.me/GulistanUz orqali @GulistonshaharUzbot bot manziliga murojaat yo'llashingiz mumkin.
Elektron pochta orqali gulistonsh@exat.uz manziliga yo'llashingiz mumkin.
Murojaat yo'llash uchun ushbu havolaga o'ting: murojaat.gov.uz
