Guliston şahar Kengaşining navbatdagi sessiyasi bölib ötdi
2026-11-16 12:10:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Guliston şahar Kengaşining navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida şahar hokimligi rahbariyati, xalq deputatlari şahar Kengaşi deputatlari hamda tegişli masalalarga mas’ul taşkilot va idoralar vakillari iştirok etdi.
Sessiya davomida Guliston şahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, aholini qöllab-quvvatlaş, kommunal soha, mahalliy budjet hamda boşqa muhim yönalişlarga oid jami 9 ta masala körib çiqildi. Jumladan, Guliston şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça «Yöl xaritasi»ni tasdiqlaş, şaharda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişiga kömaklaşiş, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-son qarori hamda 2025-yil 6-martdagi 93-son qarori ijrosi yuzasidan içimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini takomillaştiriş borasida 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oşirilgan işlar töğrisida mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Sessiya kun tartibidan mahalliy budjet parametrlarining 2026-yil III çorak yakunlari böyiça şahar iqtisodiyot va moliya bölimi boşliğining hisoboti, şuningdek, Guliston şahar mahalliy budjetining qöşimça manbalari hamda şahar hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamğarmasi» hisobidan mablağ ajratiş masalalari ham örin oldi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan Guliston şahar uy-joy kommunal xöjaligi bölimida korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar va belgilangan vazifalar ijrosi körib çiqildi.
Şu bilan birga, şaharda Özbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi hamda «Reklama töğrisida»gi qonunlari ijrosini örganiş va muhokama qiliş, şuningdek, Xalq deputatlari Guliston şahar Kengaşining 2026-yil 29-oktabrdagi VII-39-131-9-130-K/26-son qaroriga özgartiriş kiritiş masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi barça masalalar deputatlar tomonidan atrofliça muhokama qilinib, tegişli savol, taklif va mulohazalar bildirildi. Sessiya yakunida körib çiqilgan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.









