Guliston şahrida «Tibbiyot xodimlari kuni» keng nişonlandi
2026-11-07 14:50:00 / Yangiliklar

Bugun, 7-noyabr kuni Guliston şahrida «Tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi. Unda şahar hokimining örinbosari Jamşid Xolmuhammedov, tibbiyot muassasalari rahbarlari, şifokorlar, hamşiralar hamda soha faxriylari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, inson salomatligini asraş, kasalliklarning oldini oliş va aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş yölidagi fidokorona mehnatlarini alohida e’tirof etdi.
Ta’kidlanganidek, şifokorlik nafaqat yuksak bilim va mahorat, balki katta mas’uliyat, sabr-toqat, mehr-oqibat va sadoqatni talab etadigan şarafli kasbdir. Zero, inson hayoti va salomatligi uçun kuraşiş, bemorlarga umid va işonç bağişlaş har bir tibbiyot xodimidan yuksak kasbiy mahorat va fidoyilikni talab etadi.
Şuningdek, mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, zamonaviy davolaş usullarini joriy etiş hamda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtalib ötildi.
Bayram tadbiri davomida soğliqni saqlaş tizimida köp yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, öz kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan ibrat bölayotgan soha vakillariga alohida ehtirom körsatilib, ularning mehnatlari e’tirof etildi. Tadbir samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va kötarinki bayramona kayfiyatda ötdi.
Barça tibbiyot xodimlariga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat va şarafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Inson salomatligi yölidagi fidokorona mehnatingiz uçun rahmat!






