Uluğobod mahallasida 1-oilaviy poliklinika foydalanişga topşirildi
2026-11-07 12:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 7-noyabr kuni Guliston şahrining Uluğobod mahallasida joylaşgan 1-sonli oilaviy poliklinika foydalanişga topşirildi. Oçiliş marosimida Guliston şahri hokimi Farrux Öktamjonov, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Vohid Xudoyqulov, mas’ul taşkilotlar, Nuroniylar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Uşbu oilaviy poliklinika Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil Investitsiya dasturini tasdiqlaş töğrisidagi qaroriga asosan 3 mlrd 825 mln söm mablağ evaziga rekonstruksiya qilindi.
Oilaviy poliklinika Guliston şahrining Uluğobod, Istiqlol Guliston tumanining chegaradosh hududlarida joylaşgan Baxmal, H.Olimjon va Işonç mahallalarida yaşovçi 11 ming 145 nafar aholiga tibbiy xizmat körsatadi.
Mazkur muassasaning faoliyati natijasida aholiga birlamçi tibbiy yordam körsatiş imkoniyatlari kengayib, kasalliklarni erta aniqlaş, profilaktik tibbiy köriklarni taşkil etiş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, keksa avlod vakillariga tibbiy xizmat körsatiş uçun qöşimça şaroitlar yaratildi.
«Bugungi kunda tibbiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri — kasallikni davolaşdan köra, uning oldini oliş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş va har bir inson salomatligiga mas’uliyat bilan yondaşişdir. Şu nuqtai nazardan, oilaviy şifokorlar, tibbiyot hamşiralari va barça tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati katta ahamiyatga ega», - deydi Guliston şahar tibbiyot birlaşmasi boş şifokori Murod Köpaysinov.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar tomonidan yangi muassasa tibbiyot xodimlariga katta mas’uliyat bilan birga yangi imkoniyatlar ham berişi, bu yerga murojaat qilgan har bir inson avvalo mehr, e’tibor va malakali tibbiy yordamni his qilişi lozimligi, aholi bilan yaqin muloqotda böliş, har bir bemorning muammosiga mas’uliyat bilan yondaşiş, tibbiy xizmat sifatini doimiy oşirib boriş ustuvor vazifa bölib qolişi ta’kidlab ötildi.









