Iste’dodli qizlar bellaşuvi: «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotining şahar bosqiçi yakunlandi
2026-11-05 17:05:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda xotin-qizlarning salohiyatini röyobga çiqariş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş va yuksak marralarni zabt etişga bölgan intilişini rağbatlantiriş maqsadida an’anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti tanlovining Guliston şahar saralaş bosqiçi kötarinki ruhda bölib ötdi.
Mazkur nufuzli bellaşuv öz sohasida yuqori natijalarga erişgan, iqtidori, bilimi va taşabbuskorligi bilan ajralib turgan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan faol xotin-qizlarni birlaştirdi.
Tanlov davomida nomzodlar özlarining sönggi 3 yil davomida erişgan yutuqlari, ilmiy va ijodiy izlanişlarini Nizomda belgilangan quyidagi yönalişlar böyiça namoyiş etdi:
▪️Adabiyot va ta’lim;
▪️San’at va madaniyat;
▪️Fan va tibbiyot;
▪️Axborot texnologiyalari (IT);
▪️Sport va jamoatchilik faoliyati.
Hakamlar hay’ati va soha mutaxassislaridan iborat işçi guruh tomonidan har bir iştirokçining hujjatlari, loyihalari va amaliy işlari şaffoflik tamoyillari asosida atrofliça baholandi. Suhbat jarayonlarida qizlarning intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligiga alohida e’tibor qaratildi.
Yakuniy xulosalarga köra, eng yuqori körsatkiçlarni qayd etgan va komissiya a’zolari tomonidan eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning keyingi (viloyat) bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
«Zulfiyaxonim izdoşlari bölgan barça iqtidorli qizlarimizga kelgusi bosqiçlarda hamda el-yurt ravnaqi yölidagi işlarida ulkan zafarlar tilaymiz», - Guliston şahar oila va xotin-qizlar bölimi.





