Gulistonlik yoshlar ishtirokida press tur tashkil etildi
2026-10-25 18:15:00 / Yangiliklar

Guliston shahridagi bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida shahardagi «Chelebi textile» tikuvchilik korxonasi hamda «MMX PRO» qop ishlab chiqarish korxonasiga press tur tashkil etildi.
Mazkur yirik ishlab chiqarish korxonalariga tashrif davomida yoshlarga ishlab chiqarish jarayonlari namoyish etilib, korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.






