Sirdaryo viloyati va Gonkong o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik kengaytiriladi
2026-10-19 09:40:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Doniyor Kadirov Gonkong Xitoy ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi prezidenti Lo Kam-ving boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev ham ishtirok etdi.
Muloqotda sanoat, investitsiya, zamonaviy texnologiyalar va eksport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, Sirdaryo viloyatiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish hamda mahalliy mahsulotlarni Xitoy bozoriga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Gonkong Xitoy ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va viloyatning eksport salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.



