«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan navbatdagi telekommunikatsiya obyektlari loyihaga muvofiqligi o‘rganildi
2026-10-09 16:30:00 / Yangiliklar

Raqamli texnologiyalar sohasi va telekommunikatsiya infratuzilmasi sifatini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar xavfsizligi hamda belgilangan standartlarga mosligini ta'minlash «O‘zkomnazorat» inspeksiyasining bosh vazifalaridan biridir.
Ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari doirasida «O‘zkomnazorat» inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan «O‘zbektelekom» AK janubiy-g‘arbiy filiali tomonidan qurilishi tugallangan telekommunikatsiya obyektlari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
➖ O‘rganishlar davomida quyidagi asosiy jihatlarga alohida e'tibor qaratildi:
▪️Obyektlarning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga to‘liq muvofiqligi;
▪️Qurilish-montaj ishlarining amaldagi texnik normativlar va xavfsizlik talablariga mos holda bajarilganligi;
▪️Telekommunikatsiya qurilmalarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta'minlash bo‘yicha texnik tayyorgarligi.
Inspeksiya tomonidan sohada amalga oshirilayotgan qurilish va modernizatsiya ishlarining sifati va belgilangan me'yorlarga mosligi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

