Guliston shahrida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-10-08 13:10:00 / Yangiliklar

Bugun, 8-oktabr kuni Guliston shahrining Nurafshon mahallasida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan Oliy ta'lim muassasasida kontrakt to'lovi, ish bilan ta'minlash, soliqqa oid masalalarda murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topilgan bo'lsa, muddat talab etiladigan murojaatlar shahar hokimi tomonidan nazoratga olinib, tegishli mas'ullarga yo‘naltirildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularni tezkor hal etish hamda davlat organlari bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.






