Bolajonlar uchun o'yingoh qurilmoqda
2026-10-06 16:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-48-son qarori asosida aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Guliston shahrining Bo'ston mahallasi hududida bolajonlar hordiq chiqarishlari uchun pudratchi «Temur mega stroy» MChJ tomonidan qiymati 353 million so'm bo'lgan bolalar maydonchasi qurilmoqda.
Bugungi kunda pudratchi «Temur mega stroy» MChJ tomonidan bolalar maydonchasi qurish jarayonida yo'laklarni betonlash va tosh qum aralashmasi bilan tekislash ishlari bajarilmoqda.
Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi


