Guliston shahrida ta’lim muassasalari rahbarlari davlat tili boʻyicha savodxonligini aniqlash maqsadida yozma ish topshirdi
2026-09-11 16:35:00 / Yangiliklar

Bugun, 11-sentabr kuni Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʻnaviy-maʻrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish, shu bilan birga, faol qoʻllanishini ragʻbatlantirish, davlat xizmatchilari hamda taʻlim muassasalari rahbarlarining davlat tili boʻyicha savodxonligini aniqlash maqsadida Guliston shahrida “Ommaviy diktant” tadbiri oʻtkazildi. Unda Guliston shahrida joylashgan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining 104 nafar rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir Guliston shahar hokimligi, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari H.Yodgorov hamda Guliston shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Quvvatov ishtirok etdi.









