«Ayollar daftari»ning 7-bosqichi ijrosi muhokama qilindi
2026-09-08 17:10:00 / Yangiliklar

Bugun, 8-sentabr kuni Guliston shahrida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli hamda 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, «Ayollar daftari»ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan mas’ul rahbar Erkin Bayniyazov, Guliston shahri hokimi Farrux O‘ktamjonov, shahar ishchi guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish hamda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.








