Guliston shahrida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
2026-08-28 17:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 28-avgust kuni Guliston shahrining Yangi hayot mahallasi hududida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Guliston shahri hokimi o‘rinbosari Dilmurod Toshboyev hamda shahar maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilayotgan mazkur maktab binosi qurilishi 2024-yilda boshlangan bo‘lib, joriy yilning avgust oyida qurilish ishlari yakunlandi. Ushbu maktab 990 o‘rinli bo‘lib, joriy o‘quv yilida 450 nafar o‘quvchi qabul qilingan.









