Guliston shahrida 131 nafar bolajon uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi
2026-08-28 17:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida xalqimizning ezgu qadriyatlari, mehr-oqibat va saxovat anʼanalarini aks ettirgan xayrli tadbir tashkil etildi. Guliston shahri hokimligi tashabbusi bilan ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning 131 nafar farzandlari uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi va bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbiri bolajonlar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari uchun ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi. Bolajonlarga ulashilgan quvonch va eʼtibor ularning xotirasida unutilmas kun sifatida muhrlanib, ota-onalar uchun ham katta mamnuniyat bag‘ishladi.









