Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
2026-08-25 20:30:00 / Matbuot anjumanlari

Guliston shahri iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Guliston shahri iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Elzod Abdualiyev tomonidan ishtirokchilarga maʼlumot berib o‘tildi.
Guliston shahrida 2026-yil 6 oylik mahalliy budjet daromadlar rejasi 52 mlrd 835 mln so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 65 mlrd 229 mln so‘mga bajarildi. 2026-yil yarim yillik yakuni bilan Guliston shahar mahalliy budjetining xarajatlari rejasi 90 mlrd 354 mln so‘m deb belgilangan bo‘lib, xarajatlar ijrosi esa 86 mlrd 875 mln so‘mni tashkil etdi. Rejaga nisbatan 3 mlrd 479 mln so‘m kam xarajat yoki 96.1 foizga bajarildi.
Jumladan, ijtimoiy sohaga 31 mlrd 702 mln so‘m, maorif sohasini saqlash va uni rivojlantirishga 27 mlrd 438 mln so‘m, madaniyat sohasi xarajatlariga 1 mlrd 4 mln so‘m, sport sohasi xarajatlariga 3 mlrd 259 mln so‘m, iqtisodiyot xarajatlariga 30 mlrd 129 mln so‘m moliyalashtirildi.
Bundan tashqari, obodonlashtirish xarajatlariga 28 mlrd 538 mln so‘m, veterinariya bo‘limi xarajatlariga 591 mln so‘m, davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlariga 11 mlrd 941 mln so‘m, fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga 10 mlrd 68 mln so‘m moliyalashtirildi.
Guliston shahrida jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha shahar mahalliy budjeti hisobidan 2026-yil 1-mavsumi uchun jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. «Tashabbusli budjet» jarayonlari 2026-yil 1-mavsumda jami 6 ta loyiha g‘olib bo‘lgan. Jumladan, Bog‘ishamol mahallasida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali binosiga diagnostika bo‘limi uchun qo‘shimcha bino qurish, 15-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari hamda Do‘stlik va Sohil mahallasi yoshlari uchun 12x24 kurash maydoni qurish, Namuna mahallasida joylashgan Sirdaryo viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi filiali binosini joriy taʼmirlash, Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yengil konstruksiyadan kerakli jihozlari bilan amaliyot bazasi va talabalar uchun sunʼiy futbol maydoni kurish, Sirdaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga zamonaviy kutubxona, yozgi shiypon qurish va hudud devorlarini yangilash, 8-umumtaʼlim maktabi moddiy texnika bazasini rivojlantirish.
Bugungi kunda 8-umumtaʼlim maktabi moddiy texnika bazasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyixa yakuniga yetkazilgan. Qolgan 5 ta qurilish bilan bog‘liq loyihalar ekspertiza jarayonida.
Guliston shahrida 2026-yil birinchi mavsumda fuqarolardan subsidiya asosida uy-joy sotib olish uchun 947 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan, 151 ta fuqaroga subsidiya asosida uy-joy sotib olish uchun ijobiy xulosalar berildi hamda 796 ta ariza rad etildi.
Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limiga 2026-yil 2-chorakda jami 8 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, tashkilot mutaxassislari tomonidan ushbu murojaatlar yuzasidan joyiga borib qayta o‘rganilib, 6 tasi ijobiy hal qilindi va 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Guliston shahrida 2026-yil 2-aprel holatiga jami 534 ta sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgani 257 tani tashkil etadi. Shundan 10 tasi yirik va 247 tasi kichik va mikrokorxonlar. Faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalaridan 18 tasi tarmoq korxonalari va 239 tasi hududiy korxonalarni tashkil etadi.
2026-yil 2-chorakda sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish xajmini 840,2 mlrd so‘mga yetkazish rejasi belgilangan bo‘lib, shundan 2026-yil 2 chorak yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 913,6 mlrd so‘mga yoki o‘tgan yilga nisbatan 108,5 foiz o‘sishiga erishilishi kutilmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarda 3,7 mingta aholi bandligi taʼminlangan.
Shunindek, 2025-yilda sanoat korxonalari tomonidan 14,8 mln dollar miqdorida sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bundan tashqari, tegishli tashkilotlardan iborat sanoat shtab tashkil etilgan bo‘lib, sanoat korxonalar faoliyati doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda, o‘rganish natijasida aniqlangan muammolarni hal qilish choralari ko‘rib borilmoqda.
Guliston shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yil 2-choragida 115 ta yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish obyektlarida 303 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


