Guliston shahri hokimiga o'rinbosar tayinlandi
2026-08-19 16:00:00 / Yangiliklar

Muhiddin Rustamovich Madaminov - Guliston shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
M.Madaminov mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
