Guliston va Shirin shaharlari hududi kengaytiriladi
2026-08-19 15:55:00 / Yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2026-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan majlisida Sirdaryo viloyatidagi shahar va tumanlar chegaralarini o‘zgartirishga oid qaror loyihasi ko‘rib chiqildi.
➡️ Taklifga muvofiq:
▪️Guliston tumanidan — 527,23 gektar;
▪️Boyovut tumanidan — 582 gektar yer maydoni Guliston shahri tarkibiga;
▪️Boyovut tumanidan yana 638,77 gektar yer maydoni Shirin shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Chegaralarning kengaytirilishi aholi zichligini kamaytirish, transport qatnovini yaxshilash hamda hududlarda yangi sanoat zonalari, texnoparklar va yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish imkonini beradi.
Shuningdek, yirik loyihalarni amalga oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, qurilish, xizmat ko‘rsatish va sanoat yo‘nalishlarida o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.
Mazkur masala tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, tuman va shahar Kengashlari hamda viloyat Kengashida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmalari ma’qullangan.
Qaror loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi.



