Guliston shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-08-19 14:15:00 / Yangiliklar

Bugun, 19-avgust kuni Guliston shahar Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul Guliston shahrining Navbahor mahalla fuqarolari yig'inida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonov rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
Unda 15 nafar fuqaroning noqonuniy qurilish, yo'l, uy-joy ta'miri kabi murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi. Joyida hal etish imkoni mavjud bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa mas’ul idoralarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini bevosita joylarda o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









