Sirdaryoda «DXX kubogi» g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
2026-08-16 02:50:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini futbol sport turlari bo‘yicha «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi»ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mahalla yoshlari o‘rtasidagi (16–30 yosh) DXX kubogi 2022-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Musobaqalar tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarida tashkil etilib, ishtirokchilar mini futbol qizlar, mini futbol o‘g‘il bolalar hamda futbol o‘g‘il bolalar yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Joriy yilda Sirdaryo viloyatida musobaqaning tuman (shahar) va viloyat bosqichlari aprel, may, iyun va iyul oylarida o‘tkazildi. 11 ta tuman va shahar kesimida 239 ta mahalladan 522 ta jamoa shakllantirilib, musobaqalarda jami 6 654 nafar yosh ishtirok etdi. Barcha bosqichlar yakuniga ko‘ra 108 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
➡️ Qizlar mini futboli:
🥇 Guliston shahrining Taraqqiyot mahallasi;
🥈 Sardoba tumanining Birlashgan mahallasi;
🥉 Boyovut tumanining Olmazor mahallasi.
➡️ O‘g‘il bolalar mini futbol:
🥇 Guliston shahrining Do‘stlik mahallasi;
🥈 Boyovut tumanining Yangiobod mahallasi;
🥉 Oqoltin tumanining Andijon mahallasi.
➡️ O‘g‘il bolalar futboli:
🥇 Mirzaobod tumanining Bog‘iston mahallasi;
🥈 Yangiyer shahrining A. Jomiy mahallasi;
🥉 Oqoltin tumanining Yangi davr mahallasi.
Musobaqaning respublika final bosqichi joriy yilning 17–22-avgust kunlari Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.









